Shvesiya sudi hijobga qarshi taqiqni bekor qildi

Shvesiya sudi hijobga qarshi taqiqni bekor qildi

Shvesiya sudi ushbu taqiq konstitusiyaga zid deb, maktablarda musulmonlarning barcha turdagi bosh kiyimlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini bekor qilgan.

Skurup shahar kengashi 2019 yilda 13 yoshgacha bo‘lgan talabalar uchun hijobni taqiqlagan edi. Ushbu qaror mazkur shaharda ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Shvesiyadagi Prästamosseskolan maktabidagi musulmon bo‘lmagan o‘qituvchilar ham qarorga qarshi bo‘lishgan. Ularning aksariyati hattoki musulmon talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabga hijobda borgan edi.

TRT World xabariga ko‘ra Malmyo ma’muriy apellyasiya sudi Skurup shahar kengashining qarori konstitusiyaga zid ekanligi to‘g‘risida bayonot e’lon qilgan. Sud fikriga ko‘ra, taqiq Konstitusiyaning din erkinligi to‘g‘risidagi qoidalariga va Yevropa konvensiyasiga zid bo‘lgan.

Bugungi kunda musulmonlar jamiyati Shvesiya umumiy aholisining 8,1 foizini tashkil qiladi. Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, 800 mingga yaqin dindor bu mamlakatni o‘z uyi deb ataydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!