«Shouda qatnashasanmi? Unda uzun sochdan voz kech!». Karles Puyol Eronda futbol haqidagi teleshouga kiritilmadi

«Shouda qatnashasanmi? Unda uzun sochdan voz kech!». Karles Puyol Eronda futbol haqidagi teleshouga kiritilmadi

40 yoshli sobiq futbolchi mahalliy IRTV3 telekanaliga Jahon Chempionati, 2-turidan o‘rin olgan Eron—Ispaniya uchrashuvidan oldingi teleshouga taklif etilgan.

Eronga yetib kelgan Puyol uzun sochlari sabab telestudiaga qo‘yilmagan. Shouni Karles bilan sharhlashi kerak bo‘lgan jurnalist Adel Ferdosipur vaziyatga quyidagicha izoh bergan: «Siz Karles Puyolning bugun biz bilan birga bo‘lishi kerakligi haqida bilsangiz kerak Ammo hozirda u mehmonxonada. Men bunday ish sodir bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan ishni qildim. Uzr so‘rayman».​

Eron islom respublikasida uzun soch turmagiga oid hech qanday rasmiy taqiq mavjud emas. Biroq davlat televideniyesida qattiq tartib o‘rnatilgani ta’kidlanadi, xabarda.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!