Shahram, Isroil va Murodjon G‘afur Rahimov xonadonida mehmon bo‘ldi

Shahram, Isroil va Murodjon G‘afur Rahimov xonadonida mehmon bo‘ldi

O‘zbek boksining porloq yulduzlari – Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov va Murodjon Ahmadaliyev BAAda Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti G‘afur Rahimov xonadonida mehmon bo‘lishgan. Bu haqda sportchilar ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali xabar berdilar.
 
“AIBA prezidenti, boksimiz kattasi, bizning akamiz G‘afur Rahimov Ahmedovich bilan uchrashdik. Juda xursand bo‘ldik. Har doim sog‘, umrlari uzoq bo‘lsin”, deb yozadi Madrimov.
 
Ma’lumot o‘rnida, G‘afur Rahimov ko‘pdan beri BAAning Dubay shahrida istiqomat qilib kelmoqda.
 
U o‘tgan oyning boshida O‘zbekistonga kelib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan uchrashgan edi. 

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!