Saudiya Arabistonida Haj ziyorati davrida 10 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Saudiya Arabistonida Haj ziyorati davrida 10 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Saudiya Arabistoni rasmiylari 2024 yilgi Haj mavsumida ziyorat chog‘ida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda UzNews.uz xabar qildi.

Qayd etilishicha, hozircha ular aynan qanday sabab bilan vafot etgani aniq emas.

The Guardian nashrining Saudi Press Agency (SPA)'ga tayanib xabar qilishicha, ziyoratga borgan 1300 nafar haj ziyoratchisi jazirama issiqda piyoda ko‘p yo‘l bosilgani sabab halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlangandi. 22 may kuni 240 nafar ziyoratchini Haj ziyoratini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!