"Sardoba" suv ombori toshqinidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

"Sardoba" suv ombori toshqinidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

Hammamizga ma’lumki 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari jiddiy zarar ko‘rdi.

Davlatimiz rahbari shaxsan o‘zlari kelib, holatni to‘liq nazoratga oldi va bu ofatning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi. Qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

Xalqimiz azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Ushbu qiyin sharoitda ham xalqimizning olijanob fazilatlari yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Ayniqsa, har bir yurtdoshimiz bir-biriga mehr-muruvvatli, saxovatli bo‘lish kerakligini chuqurroq his qilib, qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga insonparvarlik yordamlarini berib kelishdi.

Biroq xalqimiz tomonidan berilgan yordamlarni aziyat chekkan fuqarolarga teng taqsimlab tarqatish lozim bo‘lgan bir vaziyatda, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi fuqarolar yordam tariqasida kelgan mahsulotlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, daromad olishdek past niyatlarini amalga oshirishni istadi.

Shunday shaxslardan biri muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanib jazo o‘tayotgan M.P. aldash, ishonchni suiiste’molqilish yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, go‘yoki Sardoba tumanidagi maktablarga evakuvasiya qilingan fuqarolarga yordam berish uchun ko‘ngilli sifatida qo‘shilib, 2020 yil iyul oyida evakuasiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bahonasi bilan o‘zini Sardoba tumani Qizil yarim oy jamiyati birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirib, ushbu jamiyat nomidan soxta talabnoma to‘ldirib, mahsulotlar saqlanadigan omborga taqdim qilib, u yerdan 15 turdagi 15.154.000 so‘mlik mahsulotlarni olib, bir necha fuqarolarga sotib yuborgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida M.P. huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu shaxs yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

J.Turdimuradov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudi raisi

O.Mannatov,
Sirdaryo viloyat sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!