Saratonning 50 dan ortiq turini aniqlay oladigan test yaratildi

Saratonning 50 dan ortiq turini aniqlay oladigan test yaratildi

Saratonning 50 dan ortiq turini aniqlay oladigan yangicha ko‘rinishadagi qon analizi 2021 yilda sinovdan o‘tkaziladi. "Saraton xastaligini davolash uchun muqaddas Graal" deb nomlangan Galleri testi 165 ming bemorda sinovdan o‘tkaziladi. Natijalar muvaffaqiyatli bo‘lsa, kelgusi besh yil ichida milliondan ortiq odamlarga yetkaziladi.

“Olimlar ushbu test yiliga minglab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkinligiga ishonch bildirishmoqda, zero u alomatlar paydo bo‘lgunga qadar saraton xastaligini aniqlay oladi”, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Ta’kidlanishicha, yangicha test bemorning qonida o‘smalar paydo qiladigan DNKni qidirish asnosida ishlaydi.

Buyuk Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ijrochi direktori Saymon Stivens ushbu kashfiyotni "burilish nuqtasi" deb atamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra,  test, ayniqsa, saratonning aniqlash qiyin bo‘lgan ko‘rinishlari uchun samarali bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, test hujayradan tashqari o‘sma shaklanishiga yordam beradigan DNK ichida yuz beruvchi metilasiya deb ataladigan kimyoviy o‘zgarishni ham qidiradi. Saraton kasalligi aniqlanganda esa test uning tananing aynan qaysi qismida kelib chiqqanligini aniq ko‘rsata oladi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu test davolanish jarayonini erta boshlashga imkon beradi, bu esa xastalikdan tiklanish imkoniyatlarini keskin oshiradi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda 1200 bemor bilan olib borilgan tadqiqotlar test saratonning tananing qaysi qismida ekanligini  96% aniqlik bilan muvaffaqiyatli topganligini ko‘rsatgan. 1% holatlardagina test odamlarda saraton xastaligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan. 12 holatda, shu jumladan, tuxumdon va o‘pka saratonida test kasallik yo‘qligini qayd etgan, zotan, ularning aksariyati dastlabki bosqichda bo‘lgan.

Dastlabki bosqichlarda kamdan-kam holatlardagina aniqlanadigan oshqozon osti bezi saratonini esa 63 foizlik natija bilan aniqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!