Samarqandda kollej direktori o‘rinbosari farroshdan pora oldi

Samarqandda kollej direktori o‘rinbosari farroshdan pora oldi

Jomboy transport kasb-hunar kollejining direktor o‘rinbosari (kimligi sir tutildi) farroshdan uni ishga olib qolish uchun 400 ming so‘m talab qilgan. Bu haqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tildi.

Samarqand iqtisodiyot kollejining direktor o‘rinbosari esa o‘quvchilaridan birining bahosini olib berish evaziga 50 AQSh dollari so‘ragan va tezkor tadbirda u ham qo‘lga olingan.

Tadbirda ta’lim muassasalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Prokuratura va IIB mas’ul xodimlari tadbir qatnashchilariga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish va bu illatga chek qo‘yish kerakligi haqida tushuncha berdi.

Uchrashuvda korrupsiya, xususan, oliy ta’lim muassasalarida keng avj olgani aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!