Salomlashish bo‘yicha turli davlatlardagi odatlar

Salomlashish bo‘yicha turli davlatlardagi odatlar

Salomlashishlar haqida oldin ham juda ko‘p marta yozishgan. Dunyo juda xilma-xil. Yana bir bor sizni dunyoning turli burchaklarida istiqomat qilayotgan odamlar bir-birlari bilan qanday salomlashishi bilan tanishishga chorlaymiz.

Masalan, Tunisda bir-biri bilan uchrashib qolgan shaxslar avval ta’zim qilishadi, keyin esa o‘ng qo‘lini peshanasiga, keyin labiga va so‘ngra esa yuragiga tekkizishadi. Bu ishoralar bilan siz hamrohingiz bilan salomlashayotib uni hurmat qilishingizni, u haqida gapirayotganingiz va uni o‘ylayotganingizni ifoda etar ekansiz.

Tinch okeani orollarida joylashgan Tonge shahrida esa tanishini uchratib qolganda oyoqlarini qoqib, boshini qimirlatib, barmoqlarini qisirlatib qo‘yisharkan.

Yaponiyada esa do‘sti bilan uchrashganida ta’zim qilishadi.

Eskimoslar esa tanishini uchratganlarida yengilgina uning boshi va yelkalariga urib qo‘yishadi.

Yangi Gvineyada koi-ri qabilasi bir-biri bilan uchrashganida iyagi ostini qitiqlab qo‘yishar ekan.

Keniyaning janubida akamba qabilasi bo‘lib, ular uchrashib qolishganlarida hurmat belgisi sifatida bir-birlariga tupurish odat bo‘lib qolgan.

Grelandiyaliklarda esa hech qanday rasmiy salomlashish shakli yo‘q ekan, shu sababli ham ular uchrashgan vaqtda “Ob-havo yaxshi” degan so‘zni aytish bilan cheklanib qo‘ya qolisharkan.

Agar klassik qo‘l berib ko‘rishish haqida gapiradigan bo‘lsak, bunday salomlashish juda ham uzoq vaqt oldin paydo bo‘lgan deb hisoblash mumkin, bunday salomlashganda bo‘sh qo‘lingizni uzatishingiz bilan unda hech qanday qurolingiz yo‘qligini va siz qarshingizda turgan kishiga nisbatan yaxshi niyatda ekanligingizni ifoda etadi. Ana shunaqa xilma-xil va sirli dunyo bu…

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!