Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

Bir guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko 10 avgust, dushanba kuni ma’lum qildi.

— Shuningdek, biz xalqaro faoliyatimizni davom ettirmoqdamiz. Shuni ta’kidlashni istardimki, bizning mutaxassislarimiz Qozog‘iston Respublikasidan qaytib kelib, o‘z vazifalarini bajarib bo‘lgach, mutaxassislarning bir guruhi O‘zbekistonga borishga tayyorlanmoqda, – dedi vazir.

Iyul oyi oxirida Murashko Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), shu jumladan O‘zbekistonga Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini xabar qildi.

7 avgust kuni Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Oleg Gridnev Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘lishini e’lon qilgandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!