Rossiyalik aktyor 11-qavatdan pastga quladi

Rossiyalik aktyor 11-qavatdan pastga quladi

Rossiyalik aktyor va xoreograf Maksim Parfyonov Moskvada 11-qavatdan yiqilib tushdi. U halok bo‘ldi. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib yozmoqda.

Parfyonov 40 yoshda edi. 30 iyun kuni ertalab odamlar Pugacheva ko‘chasidagi uylardan birining derazasida bir odam osilib turganini payqashdi, lekin hech narsa qila olishmadi: bir necha soniya ichida erkak pastga quladi. Tez yordam chaqirishdi, ammo voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar aktyorning o‘limini qayd etdi.

Polisiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Parfyonov o‘z uyining derazasidan tushib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan tekshiruv olib borishmoqda.

Aktyorning do‘stlariga ko‘ra, Maksim baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan. Ular Parfyonovni biznes tadbirlarini tashkillashtirgan baxtli er va ota deb ta’rifladilar. Pandemiyaga qaramay, aktyor daromad topishda davom etgan va oilasi moddiy qiyinchilikka duch kelmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!