"Rossiya Ukraina hududini bosib olgan davlat, deb ataladi"

"Rossiya Ukraina hududini bosib olgan davlat, deb ataladi"

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma’lum qilishicha, BMT Bosh assambleyasi tomonidan Qrim bo‘yicha rezolyusiya qabul qilinishiga ishonchi komil, unda Rossiya «istilochi mamlakat» sifatida tan olinishi kerak. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etishi va jahon yetakchilari bilan uchrashuvlari tufayli dunyoning bir qator davlatlari Ukraina bilan hamjihat bo‘lishiga ishonch uyg‘otdi.

«BMTning Qrim bo‘yicha rezolyusiyasi aniq qabul qilinadi, unda Rossiya Ukraina hududini bosib olgan davlat, deb ataladi», - deya ma’lum qildi Poroshenko.

Ukraina yetakchisi «Innovasiyalar. Investisiyalar. Xarkov tashabbuslari» xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida shunday bayonot bergan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!