"Real" Mbappe uchun qancha maosh bermoqchi?

"Real" Mbappe uchun qancha maosh bermoqchi?

"PSJ" klubi hujumchi Kilian Mbappe faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Real" 23 yoshli fransiyalik futbolchiga 6 yillik shartnoma taklif qilgan. Uning ispan klubidagi maoshi yiliga 21 million yevroni tashkil qiladi. Qolaversa, shartnoma imzolashi uchun 40 million yevro bonus olishi ham ko‘zda tutilmoqda.

O‘z navbatida "PSJ" ham Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Biroq Kilian klubning har qanday taklifini qabul qilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mbappe "PSJ" safida barcha turnirlar doirasida 26ta o‘yin o‘tkazib, 19ta gol urdi urga


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!