Rasul Kusherbayev: "Qozog‘istondagi voqealar meni va oilamni xavotirga solmoqda"

Rasul Kusherbayev: "Qozog‘istondagi voqealar meni va oilamni xavotirga solmoqda"

Deputat Rasul Kusherbayev Qozog‘istondagi voqealar haqida yozdi.

"Qarindosh va do‘st-u birodarlarim yashaydigan Qozog‘istondagi voqealar ko‘pchilik qatori meni va oilamizni ham havotirga solmoqda. Aloqa qilish imkoniyati cheklangani sababli halovatimiz yo‘qolgan.

Shu kunlarda yana bir bor tinchlikning aslida qanday ne’matligi, oila bag‘rida eson-omon turmush kechirish neligini o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri kelayapti, ko‘p narsani tushunayapmiz.

Qozog‘istondagi notinchlik tezroq bartaraf bo‘lishi, odamlar o‘zlarining kundalik tinch turmushiga qaytishini chin dildan istayapmiz. Ayniqsa, ayrim sodda va ishonuvchan insonlarni noma’lum kuchlarning «provokasiyasi»ga uchib qolishi mumkinligi tashvishga solayapti.

Nima bo‘lganda ham bo‘layotgan ishlar tez kunlarda bartaraf bo‘lib, tomonlar o‘zaro muloqot asosida yagona maqsad-tinchlik yo‘lida birlashib, mamlakat barqarorligini saqlab qolishlariga ishonamiz.

Fursatdan foydalanib, qozog‘istonlik og‘a-ini va opa-singillarimga mavjud vaziyatni bosiqlik va zakiylik bilan baxolab, zo‘ravonliksiz, qat’iy iroda bilan yengib chiqishlariga tilakdosh ekanligimizni bildirmoqchiman!

Tez kunlarda, omonlikda, yorug‘ yuz bilan ko‘rishish nasib qilsin, deymiz!"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!