Rasman! «Yuventus»dan naq 15 ochko olib tashlandi!

Rasman! «Yuventus»dan naq 15 ochko olib tashlandi!

«Yuventus» klubi Italiya A seriyasi jadvalida 15 ochkodan mahrum qilindi. Boisi, jamoa moliyaviy qalloblikka qo‘l urganlikda ayblandi.

Italiya futbol federasiyasi sudi prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirdi. Klub o‘z kapitalining o‘sishini soxta hujjatlar bilan ko‘rsatgan. Prokuror «Yuventus»dan 9 ochko olib tashlashni so‘ragandi. Ammo yakunda "Yuve"dan 15 ochko olib tashladndi.

Xuddi shunday ish bo‘yicha «Sampdoriya», «Pro Verchelli», «Jenoa», «Parma», «Piza», «Empoli», «Novara» va «Peskara» klublari ham ayblanayotgandi. Ammo sud ularni oqladi.

Endi "Yuventus" hisobida 22 ochko qoldi. Jamoa jadvalda 10-pog‘onani egallab turibdi.

Turinliklar sud qarori ustidan apellyasiya berishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!