Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov hibsga olindi

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov hibsga olindi

Rossiyaning Siktivkar shahri sudi shaxmatchi Garri Kasparovni «terrorchilik hamjamiyatini» tashkil etish, «terrorchilik faoliyatini» moliyalashtirish va terrorizmga ommaviy chaqiriqlarda ayblab, sirtdan hibsga oldi.

U bilan birga Rossiya Davlat Dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov, faol Yevgeniya Chirikova va «Solidarnost» harakatining sobiq ijrochi direktori Ivan Tyutrin ham xuddi shu ayblovlar bilan sirtdan hibsga olingan. Ayblovning syujeti va tafsilotlari ma’lum emas.

Garri Kasparov 1985 yilda Anatoliy Karpovni mag‘lub etib, jahonning o‘n uchinchi chempioni bo‘lgan. Butunjahon shaxmat olimpiadalarining 8 karra g‘olibi.

2022 yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Kasparovni «chet el agenti» deb e’lon qildi. 2024 yil mart oyida «Rosfinmonitoring» tashkiloti Kasparovni «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritgan edi.

Garri Kasparov Rossiya va Xorvatiya fuqaroligiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!