Rasman! “Sevimli” telekanalida “Sabriya” seriali bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rildi

Rasman! “Sevimli” telekanalida “Sabriya” seriali bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rildi

Bugun, 20 yanvar kuni “Sevimli” telekanali ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi.

Ta’sischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Yig‘ilishda shu paytga qadar O‘zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan, F.Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so‘raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlariga mas’ul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb ta’kidladi kuzatuv kengashi rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!