Rasman: Koronavirus Rossiyaga ham kirib keldi

Rasman: Koronavirus Rossiyaga ham kirib keldi

Rossiyaning Zabaykalye va Tyumen oblastlarida ikki kishi koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari, operativ shtab boshlig‘i Tatyana Golikova xabar berdi.

Operativ shtab boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda, ular - xitoyliklardir.

Golikovaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya koronavirus tufayli Mongoliya-Rossiya chegarasidan piyoyodalar o‘tishini cheklaydi. Xaynan orolidagi barcha Rossiya fuqarolari 4 fevralga qadar vatanga qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!