Qozog‘istonlik erkak koronavirus tufayli qo‘g‘irchog‘iga uylana olmadi

Qozog‘istonlik erkak koronavirus tufayli qo‘g‘irchog‘iga uylana olmadi

Qozog‘istonlik bodibilder Yuriy Tolochko koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘g‘irchog‘iga uylana olmadi. Bu haqda u o‘zining instagramdagi akkauntida ma’lum qildi.

“Do‘stlar, to‘y o‘tkazishni keyinga qoldirishmoqda. Karantin tufayli. Karantin olib tashlanishi bilan biz bir necha kun ichida to‘y o‘tkazamiz. Umuman olganda, kayfiyatimiz a’lo darajada”, deb yozgan edi o‘sha paytda Tailandda bo‘lgan Tolochko.

Dekabr oyida Tolochkoning qo‘g‘irchoqqa uylanish niyati ma’lum bo‘ldi. U o‘z sevgiliga haqiqiy ayoldek munosabatda bo‘lishini ta’kidladi. Bodibilder qo‘g‘irchoqning nomidan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritadi, u yerda uning nomidan ularning munosabatlari haqida gapiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!