Qozog‘istonlik ayol guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlandi: jinoyatchi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Qozog‘istonlik ayol guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlandi: jinoyatchi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati o‘z vatanida o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan Qozog‘iston fuqarosini ekstradisiya qildi.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan Shokan Abilkasimovni berish haqida Qozog‘iston bosh prokuraturasining so‘rovini qanoatlantirdi , - deyilgan xabarda.

Qozog‘iston fuqarosi Shokan Abilkasimov Nur-Sultonda istiqomat qiluvchi ayolni guruh bo‘lib zo‘rlash jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida xalqaro qidiruvga berilgandi.

2019 yilda qirg‘izistonlik huquq tartibot organ xodimlari Chuys viloyatining Alamudun qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olishgandi. Qozog‘iston fuqarosini ekstradisiya qilish Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati tomonidan amalga oshirildi. 6 may kuni Abilkasimov vataniga qaytarilib, mamlakatning vakolatli organlariga topshirildi.

Nur-Sultonda ayolni guruh bo‘lib zo‘rlash holati

2017 yil yoz mavsmida Qozog‘iston poytaxtida jinoyat sodir etildi. Jabrlangan ayol jinoyatchilardan qochishga uringan va uy oynasidan sakragan, buning oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Jinoyat sodir etilgandan so‘ng jinoiy guruhning ishtirokchilardan biri Murat Idrisov deyarli darhol qo‘lga olingan.

2018 yilda 18 yanvarda sud tomonidan Idrisov jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi Shokan Abilqasimov esa qochib ketgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!