Qozog‘iston O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi

Qozog‘iston O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi

Koronavirusga PZR usulida test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lmagan uch nafar chet ellik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Qozog‘istonning transport bosh sanitar shifokori Sadvakas Baygabulovning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiya, O‘zbekiston va Armaniston fuqarolaridir.

“Chet el fuqarolari Qozog‘istonga 19 oktyabrga o‘tar kechasi kelishdi. Yonlarida COVID-19 ga test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari yo‘q edi. Bu ularning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘ldi”, - dedi u.

Qozog‘iston hukumati 5 oktyabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaror qilgan. 6 oktyabrdan koronavirusga PZR usulida olingan manfiy testi bo‘lmagan xorijliklar Qozog‘istonga hududiga kiritilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!