Qozog‘iston Parlamentida ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish taklif qilindi

Qozog‘iston Parlamentida ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish taklif qilindi

Qozog‘iston Parlament Senatida deputat Bakitjan Jumagulov Qozog‘istonda ijtimiy tarmoqlarni tartibga solish borasida alohida qonun qabul qilish zarurligi haqida taklif berdi.

«Biz yoshlarni mehnatsevar qilib tarbiyalashimiz lozim. Pandemiya sharoitida dunyoda, shuningdek, g‘oyaviy viruslar ham tarqamoqda. Yolg‘on axborot ushbu virusni shu zahoti ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazadi. Shuning uchun, biz ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘risida qonun qabul qilishimiz kerak»,-dedi Jumagulov

Qozog‘istonlik senator bunday qonun so‘z erkinligini buzish emas, balki ijtimoiy tarmoqlarni qonunchilik doirasiga kiritish va foydalanuvchilarning qonun oldida mas’uliyatini oshirish ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Globallashuv davrida ba’zi yoshlar qanday qilib g‘arbning nomaqbul guruhlari ta’siriga tushib qolganini hatto sezmay ham qoladilar. Ular miyalari zaharlanishi oqibatida qafasgatushadilar. Shu tarzda kognitiv texnologiyalar jamoatchilik ongiga ta’sir ko‘rsatish vositasiga aylanadi. Biz uchun milliy manfaat va milliy qadriyatlarimizni himoya qilish — eng muhim boylikdir»,- deya ta’kidladi senator.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!