Qor ko‘chkisi: "Qamchiq" dovonida 4 avtomobil qor ostida qoldimi?

Qor ko‘chkisi: "Qamchiq" dovonida 4 avtomobil qor ostida qoldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yanvar kuni Qamchiq dovonida yuz bergan qor ko‘chishi natijasida Farg‘ona vodiysidan Toshkentga yo‘l olgan 4 avtomobil qor ostida qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ammo ushbu xabarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi biror munosabat bildirmadi.

Vazirlik 15 yanvar kuni Qamchiq dovonining A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 228-253kmlar oralig‘ida qor ko‘chishi ehtimoli borligi, shu sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Qamchiq dovonida vaqtinchalik avtomobil qatnovi to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Ayni paytga kelib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida avtomobil transporti harakati tiklanganini ma’lum qildi.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz bo‘lishi ehtimol. Voqealar rivojini bilmoqchimisiz? Aniq.uz saytini kuzatib boring.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!