Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxi tushib ketgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxi tushib ketgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta piyozning ulgurji narxi 1500 so‘mgacha tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu ma’lumotlar bir yoqlama yondashuv asosida keng ommaga taqdim etilayotganini ma’lum qildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, bozorlarda anchadan buyon 1 kilogramm piyoz (hududlardan kelib chiqqan holda) 2500 so‘mdan – 3500 so‘mgacha bo‘lgan turg‘un narxlarda sotilayotgani, dehqon va fermerlar tomonidan sotuvchilarga (ulgurji savdo) yetkazib berilayotgan piyozning o‘rtacha narxi 1500-2000 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, kuzda yig‘ib olinadigan piyoz hosildorligi 1 gektardan o‘rtacha 80 tonnani (Ohangaron, Zomin, Zarbdor, Xovos kabi piyoz yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarda 100 tonna) tashkil etadi. Har kilogramm piyoz yetishtirish xarajati o‘rtacha 800-1000 so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kungacha saqlash va tabiiy yo‘qotish (qurish)ni hisobga olganda 1 kilogramm uchun 1200-1300 so‘mga aylanadi. Shunga asoslanib, ishlab chiqaruvchi fermer sotuvchilarga yetkazib berish xarajatini inobatga olgan holda 1500-2000 so‘m atrofida sotmoqda.

Ijtimoiy tarmoq faollari aynan ushbu xabarni chiqarishda fermerlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarning saqlash omborlaridan savdoga chiqarilayotgan piyozning (o‘tgan yilgi hosil) narxini asos qilib ko‘rsatmoqda, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!