Qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizlik boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi.

Shu yilning 13 sentyabr kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1992 yil tug‘ilgan R.F. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ayblanib, qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruvdagi fuqaro Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashirin manzilidan qo‘lga olingan.
    
Shu o‘rinda fuqarolardan shuni so‘rab qolardik:
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!