Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligini fosh etdi

A A A
Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligini fosh etdi

«Daryo» internet-nashriga kelib tushgan navbatdagi murojaatda IIB boshlig‘ining zo‘ravonligi haqida so‘z boradi. Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi «Charog‘il» qishlog‘ida yashovchi fermer Bekzod Farmonov tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov doimiy ravishda uni haqorat qilib kelganini, joriy yilning 21 iyul kuni esa uning xonadoniga to‘satdan bostirib kirib, tintuv o‘tkazganini aytmoqda. Fermerning bildirishicha, IIB boshlig‘ining tasodifiy tintuvi tarvuz yeb o‘tirgan 4 va 6 yoshli farzandlarini qo‘rqitib yuborgan. Eng yomoni fermerning ayoliga kuch ishlatgan IIB boshlig‘i voqea so‘ngida o‘zini jabrdiyda ko‘rsatish maqsadida telefoni va ko‘zoynagini sindirib, maxsus guruh chaqirtirgan.

— 21 iyul kuni dalada ishlayotgan paytim fermer xo‘jaligimga biriktirilgan tuman agroximiyaning boshlig‘i Tolib aka telefon qilib, kechki payt soat 18:30 da yig‘ilish borligini aytib, borishimni tayinladi, — deydi fermer Bekzod Farmonov. – Shunda Tolib akaga «aka, paxtam bir yarim oydirki suv ichmayapti, tuman hokimi va IIB boshlig‘idan suv so‘rayverib charchadim, kelib suv olishimga ko‘maklashing, paxtani sug‘oraylik, dedim. Shunda Tolib aka «gapni ko‘paytirma, yig‘ilishga borasanmi yo‘qmi», dedi. Jahl ustida «bormayman», dedim va ishimni davom ettirdim.

Fermer Bekzod Farmonovning aytishicha, uning 7 gektarlik paxta dalasi 12 iyun kunidan buyon umuman sug‘orilmagan. Charog‘il hududi tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov sektori bo‘lgani bois, ushbu hududda joylashgan fermer xo‘jaliklariga suv berishni IIB boshlig‘i nazorat qilgan. Fermer o‘tgan fursat davomida IIB boshlig‘iga ham, tuman hokimi G‘ayrat Begaliyevga ham ko‘p marotaba murojaat qilsa-da, suv berilmagan.

Bundan 3 yil ilgari qayta tashkil etilgan «Parizoda Ro‘ziqulova» fermer xo‘jaligi egasi Bekzod Farmonovning aytishicha, fermer va agrokimyo boshlig‘i o‘rtasidagi suhbat tez orada tuman IIB boshlig‘i qulog‘iga yetib boradi. Boshliq esa o‘sha zahoti fermerga qo‘ng‘iroq qiladi.

— Dala ishlari bilan bandligim va telefonim mashinada qolgani bois, tuman IIB boshlig‘ining qo‘ng‘irog‘ini keyin ko‘rdim va tezda qaytib telefon qildim, — deydi Bekzod Farmonov. – Shunda IIB boshlig‘i «majlisga bormayman debsan», dedi. Jahl ustida bormayman deb aytib yuborganimni, ammo majlisga albatta borishimni aytdim. Shunda boshliq «majlisni qo‘y, men uyingdaman uyingga kel», dedi. IIB boshlig‘ining uyimga borganini eshitib, tezda uyga yetib bordim. Borsam, uyimda tintuv bo‘lyapti. Bolalarim va ayolim qo‘rqib ketgan.

Fermerning aytishicha, u uyiga borishidan 10–15 daqiqa ilgari IIB boshlig‘i MMTP raisi Sherali Qiyomov hamrohligida uning xonadoniga dabdurustdan bostirib kirib, tintuv o‘tkaza boshlagan. Oqibatda fermerning tarvuz yeb o‘tirgan ayoli, 4 va 6 yoshli farzandlari qo‘rqib ketgan.

— Uyimga kelganimda IIB boshlig‘i uyimni tintuv qilayotgan ekan, — deydi fermer. – Uyda dala ishlari uchun olingan 80 litr solyarka bor edi. Bizda yonilg‘i shoxobchasi yo‘qligi bois, kerakli solyarkani uyda saqlashga majburmiz. Dala ishlari uchun traktorga solyarka kerak bo‘lganda, shundan foydalanamiz.

Fermerning aytishicha, IIB boshlig‘i uyni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, solyarka xususida so‘ragan. Fermer solyarka yonilg‘i tarqatish shoxobchasi yo‘qligi sabab, uyda saqlanayotganini aytgach, ortga qayta boshlagan. Ajablanarlisi, IIB boshlig‘i fermerga nima sababdan kelganini ham aytmagan. Shunda fermer IIB boshlig‘idan dalasi uchun yana suv so‘ragan. Paxtasi oxirgi marotaba 12 iyun kuni sug‘orilganini, ayni kunda dalasi suvga muhtojligini tushuntirib, suv bering degan. Tayinli javob ololmagach, IIB boshlig‘iga paxta uchun berilayotgan suv Charog‘il massivida ekilgan 200–300 gektar qovun-tarvuzga ketayotganini aytib, ushbu holatni rasmga olganini, bu haqda viloyat hokimiga murojaat qilishini bildirgan. Bu gapni eshitgan IIB boshlig‘i esa «Sen nima deyapsan», deb shu zahoti tuman yong‘in xavfsizligi xodimini chaqirgan. Xodimga fermer xonadonidagi 80 litr solyarkani rasmiylashtirishni buyurgan.

— Yong‘in xodimi bilan mashinada solyarkani rasmiylashtirayotgan paytimiz IIB boshlig‘i hali qurilishi bitmagan uyimga kirib, nimalarnidir izlay boshladi, — deydi fermer. — Bu mening g‘ashimga tegdi. Hujjatlarga qo‘l qo‘yib, ichkariga kirdim va uyimdan nimalarnidir izlayotgan boshliqqa dalaga ketishim kerakligini aytib, uydan chiqishini so‘radim. Shunda IIB boshlig‘i meni har doimgidek kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, «Aziz va Ilyosning kunini boshingga solaman», dedi.

Bekzod Farmonovning «Daryo» muxbiriga ma’lum qilishicha, IIB boshlig‘i tilga olgan Aziz Norov hamda Ilyos Rahmonovlar yer maydoni ushbu hududda joylashgan fermerlar bo‘lib, ular IIB boshlig‘i qahriga uchraganlardan. Fermerning aytishicha, Aziz Norov ismli fermer joriy yilgi g‘alla o‘rimi paytida shudring tushib qolgan g‘allasiga kombayn tushishiga qarshilik ko‘rsatgach, IIB boshlig‘i talabi bilan qamab qo‘yilgan. Ilyos Rahmonov ismli fermer esa g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargach, IIB boshlig‘idan 1 gektar maydondagi g‘allasini o‘ziga qoldirishini so‘ragan va g‘allaning o‘rib olinishiga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda Ilyos fermer ham qamalgan.

Fermer Ilyos Rahmonovning holatga oydinlik kiritishicha, IIB boshlig‘i uni bir kun qamoqda emas, tuman shifoxonasining narkologiya bo‘limida majburan ushlab turgan.

— Shartnoma bo‘yicha joriy yil 28 tonna g‘alla topshirishimiz kerak edi, — deydi Ilyos Rahmonov. – Qariyb 31 tonna topshirdik. Shunda 1 gektar maydondagi g‘allani o‘zimga qoldirishlarini so‘radim. IIB boshlig‘i «topshirasan» deb turib oldi. Nechchi oy ishlaganimni, g‘alla olishga haqqim borligini aytdim. Va g‘allani o‘rishlariga qarshilik ko‘rsatdim. Shunda IIB boshlig‘i talabi bilan «Jiguli» mashinasida IIBga olib ketildim. IIBda rosa haqorat qilishdi. Ilgariroq asab bo‘yicha davolanganimni pesh qilishib, majburiy tartibda tuman shifoxonasining narkologiya bo‘limida bir kun ushlab turishdi.

Aniqlanishicha, fermer va IIB boshlig‘i o‘rtasidagi mojaro boshlangan payt IIB boshlig‘i Charog‘il QFY raisi Mirjamil Eshmurodovni ham chaqirgan.

— IIB boshlig‘i meni chaqirib, fermer xonadonida 80 litr solyarka saqlayotganini, aslida solyarka 20 litrgacha bo‘lsa uyda saqlash mumkinligini aytdi, — deydi «Charog‘il» QFY raisi Mirjamil Eshmurodov. – Qonuniy tartibi qanday bilmayman, ammo mening bilishimcha, fermer ham solyarkani ilojsizlikdan xonadonida saqlagan. Boisi, bizning hududda yonilg‘i tarqatuvchi shoxobcha yo‘q. Eski binosi bor, ammo u talabga javob bermaydi. Yonilg‘i Beshkentdan keltiriladi.

O‘sha kungi voqealar rivojiga ko‘ra, fermer Bekzod Farmonov IIB boshlig‘i uni haqorat qilishda davom etgach, ayoliga voqeani telefonga syomka qilishni buyurgan.

— IIB boshlig‘ini meni haqorat qilishda davom etgach, ayolimga telefonimni berib, holatni syomka qilishini buyurdim, — deydi Bekzod Farmonov. — Ayolim IIB boshlig‘ining meni haqorat qilayotganini telefonga yoza boshladi. IIB boshlig‘i telefonni o‘chirishni talab qildi. So‘ngra 5 metr narida turgan ayolimga tashlanib, qo‘lini qayirib telefonni tortib oldi. IIB boshlig‘ining ayolimga tashlanganini ko‘rgan bolalarim baqirib yig‘ladi. Shunda ayolimga tashlangan IIB boshlig‘iga «ayolimdan uzoqroq tur deya» uni quchoqlab orqaga tortdim. Shunda ikkalamiz ham baravariga yiqildik.

Ma’lum qilinishicha, IIB boshlig‘i fermerning ayolidan telefonni tortib olayotgan payt uning qo‘liga ozor yetkazgan.

— IIB boshlig‘i turmush o‘rtog‘imni haqorat qila boshlagach, voqeani telefonga syomka qila boshladim, — deydi fermerning ayoli Manzura Ro‘ziyeva. – Shunda IIB boshlig‘i menga tashlandi. Qochishimga qaramasdan qo‘limni qayirib, telefonni tortib oldi. Qo‘limni tirnab olgani bois, qo‘lim qonadi. Shunda erim u kishini quchoqlab orqaga tortdi. Ikkalasi ham baravariga yiqilgach, IIB boshlig‘ining telefoni yerga tushdi. Men ham uning telefonini olib qo‘ydim.

IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov o‘rnidan turgach, unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Mirjamil Eshmurodovdan telefonini olib berishini so‘ragan.

— Telefonini mendan olgach, yerga urib sindirdi, — deydi Manzura Ro‘ziyeva. – Ko‘zoynagini ham olib, uniyam yerga otdi. Ustidagi kiyimining tugmalarini yulib olib, erimga «Sen meni urding, xizmat vazifamni bajarishimga to‘sqinlik qilding», deya shantaj qilishga o‘tdi. Va maxsus guruh chaqirdi. Uyimizni IIB xodimlari bosdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tuman IIB boshlig‘i telefoni va ko‘zoynagini yerga urib sindirgach, IIB va tuman prokuraturasidan vakil chaqirib, o‘zining jabrlanganini ma’lum qilgan.

— Haqiqatdan ham IIB boshlig‘i unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, fermerning ayolidan telefonini olib berishimni so‘radi, — deydi rais Mirjamil Eshmurodov. — Telefonini olib berganimdan so‘ng, Bahodir Arslonov «bu telefon o‘zi yaxshi ishlamaydi» deb telefonini yerga urdi. Taqib yurgan ko‘zoynagini qo‘liga olib, uni ham otdi. Shunda IIB boshlig‘ining qo‘lida kiyimining singan tugmasi ham paydo bo‘ldi.

Ma’lum qilishlaricha, voqea so‘ngida IIB boshlig‘i tomonidan chaqirilgan IIB xodimlari va tuman prokuraturasi tergovchilari voqea sababini o‘rgangan. Qanday xulosa qilingani esa bizga qorong‘i. Sababi bu xususida viloyat prokuraturasidan ma’lumot olishga urindik. Ammo har doimgidek viloyat prokuraturasi ma’lumot berishni paysalga soldi.

Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida «P.Qurbonov» fermer xo‘jaligi rahbari Gulnora Mirzayeva ham tuman IIB boshlig‘ining xatti-harakatlaridan aziyat chekayotganini aytdi.

— 11 may kuni paxta chopig‘ini tugatgandik, — deydi fermer Gulnora Mirzayeva. – 21 may kuni hududdagi paxta dalalarining ahvoli o‘rganildi. Shunda 6 ta fermer dalasining o‘t bosib yotgan holati aniqlangan. IIB boshlig‘i bizning paxta dalamiz toza bo‘lsa-da, dalasini o‘t bosgan fermerlarga qo‘shib bizni ham ro‘yxatga olgan. Tuman hokimi bu fermerning yeri toza-ku, nega ro‘yxatga kirityapsan deb so‘raganda, «bu insofsiz seminarga qatnashmaydi», degan. Noto‘g‘ri va asossiz tuzilgan dalolatnoma sabab, bizning yerimiz tuman zaxira yer fondiga topshirib yuborildi. Ammo sud orqali qaytarib oldik. Ammo ancha sarson bo‘ldik.

Fermer Gulnora Mirzayeva tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonovning qishloq xo‘jaligini tushunishiga shubha qilmoqda.

— IIB boshlig‘ining qishloq xo‘jaligini, dehqonchilikni tushunishiga ishonmayman, bu borada bilim-saviyasi yo‘q, — deydi Gulnora Mirzayeva. – Ammo aql o‘rgatadi. G‘allamni ko‘rib, bu g‘allang bo‘lmaydi deb yerga urardi. Mana 34 tonna reja o‘rniga, 55 tonna g‘alla topshirib, belgilangan rejani 161 foizga bajardim. Uyalib qoldi.

Gulnora Mirzayeva IIB boshlig‘ini ko‘zbo‘yamachilik qilishda ham ayblamoqda.

— 16 iyul kuni tuman hokimi IIB sektoridagi 16 nafar traktorchiga 500 ming so‘mdan pul va 5 litrdan yog‘ tarqatdi, — deydi fermer. – Hokim sovg‘ani topshirib, ketishi bilan IIB boshlig‘i pul va yog‘larni qaytarib oldi. Ko‘zbo‘yamachilik qilishdan ham uyalmaydi. Nega bunday qildingiz deb so‘rasak, «Menga pul berib qo‘yganmiding», deydi.

«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov shikoyat xususida eshitgach, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot berolmasligini, viloyat IIB matbuot xizmati orqali ma’lumot olishimiz mumkinligini aytdi. IIB matbuot xizmatiga savollarimizni yubordik. Ming taassufki, Bahodir Arslonov savollarga javob berishdan bosh tortdi. Hatto IIB matbuot xizmati ham bu ishni eplolmadi. Matbuot xizmatining aytishicha, Bahodir Arslonov bu holatni prokuratura o‘rganayotganini ro‘kach qilib, prokuraturadan ma’lumot olishimiz lozimligini aytgan.

Kuzatuvlarimizga ko‘ra, haqiqatdan ham Charog‘il massiv hududida gektarlab yerlarga poliz ekinlari — qovun, tarvuz ekilgan. Qovun-tarvuz egalari asosan vodiy viloyatlaridan kelgan dehqonlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hududda ishlovchi fermerlarning gapiga ko‘ra, qovun-tarvuzlar paxtaga deb chiqarilgan suvdan sug‘oriladi. Dehqonlar esa egalik qilayotgan yerlarining gektariga 1 million so‘mdan haq to‘laydi.

Qarshi tuman hokimi o‘rinbosari Javlov Do‘sanovning «Daryo» muxbiriga ma’lum qilishicha, Charog‘il massiv hududida jami 60 gektar yerga qovun-tarvuz ekilgan. Poliz ekinlari yetishtiruvchi dehqonlar o‘z hududiga suv keltirish uchun motor o‘rnatib, tok tortib kelgan. Poliz ekinlari uchun alohida suv beriladi. O‘rinbosarning aytishicha, eng muhimi qovun-tarvuz xorijga eksport qilinmoqda. Ammo o‘tgan yillar davomida qovun-tarvuz eksportidan tumanga qancha valyuta kirgani hokim o‘rinbosariga ham noma’lum ekan.

Quvonarlisi, har bir dehqon yeridan kuniga 2 ta Damas’da 250 tagacha qovun va tarvuz ichki bozorga olib kirilmoqda. Bu degani hududda deylik 10 nafar dehqon bo‘lsa, bozorga kuniga 5000 dona poliz ekinlari kiryapti. Ammo uning daromadidan davlatga qancha foyda tushayotgani faqatgina tuman mas’ullariga ma’lum.

Qarshi tuman IIB rahbarining xatti-harakatidan aziyat chekayotgan fermerlar arzi-dodiga va tumanning chekka hududida bo‘layotgan o‘zboshimchaliklarga mutasaddilar tez orada e’tibor qaratishadi degan umiddamiz. Mavzuga albatta, qaytamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.