Qanday ilovalar smartfoningiz ishlashini sekinlashtirishini bilasizmi?

Qanday ilovalar smartfoningiz ishlashini sekinlashtirishini bilasizmi?

NAFI tahliliy markazi, “Raqamli fuqaro” platformasi mutaxassisi Vladimir Grisenko smartfonning ishlash muddatini qisqartirishi mumkin bo‘lgan dasturlarni sanab o‘tdi. 

Grisenkoga ko‘ra, Android qurilmalarida ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan o‘rnatilgan dasturlar, shuningdek, turli xil antiviruslar va tozalagichlar tizimni sekinlashtirishi mumkin. 

Mutaxassis ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan veb-brauzerlardan ko‘ra, an’anaviy veb-brauzerlardan foydalanishni tavsiya qilgan. 

Mutaxassis Facebook, YouTube va Instagram dasturlari, shuningdek, fotosuratlarni sinxronlashtirish, tizimning zaxira nusxasi kabi sabablar ham smartfonning sekin ishlashiga sabab bo‘lishini aytgan. 

Yaxshisi, bu holda ularning yengil yoki mobil versiyalaridan foydalanish kerak, deydi Grisenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!