Putin yana yadroviy raketalarni ishlab chiqarishni buyurdi

Putin yana yadroviy raketalarni ishlab chiqarishni buyurdi

Juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yadroviy kallakni olib yurishga qodir yerosti qisqa va o‘rta masofali raketalarni ishlab chiqarishni qayta tiklashini aytdi. U buni, uning fikricha, AQSh Yevropa va Osiyoda bir xil qurollarni joylashtirish niyatida ekanligi bilan bog‘ladi.

Qo‘shma Shtatlar 2019 yilda Rossiya bilan tuzilgan 1987 yilda imzolangan O‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan rasman chiqdi va Moskva kelishuvni buzayotganini aytdi. O‘shanda Kreml bu ayblovni rad etgan edi.

Shundan so‘ng, Rossiya ilgari INF shartnomasida taqiqlangan raketalarni ishlab chiqishga moratoriy kiritdi.

💬 «Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlar nafaqat ushbu raketa tizimlarini ishlab chiqaradi, balki ularni Daniyadagi mashg‘ulotlar uchun Yevropaga olib kelgan. [...] Ular Filippinda ekani ma’lum qilindi», — dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!