Prezident maktablari Kembrij xalqaro maktabi maqomiga ega bo‘ldi

Prezident maktablari Kembrij xalqaro maktabi maqomiga ega bo‘ldi

Prezident maktablari Kembrij xalqaro maktabi maqomiga ega bo‘ldi.

Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Prezident maktablari o‘quvchilari umumiy o‘rta ta’lim attestati bilan birgalikda, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda universitetga kirish imkoniyatini yaratuvchi A-level (ilg‘or o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi) sertifikatini ham oladi.

Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Prezident maktablari bir vaqtda Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkreditasiyasidan o‘tdi va Cambridge International School (Cambridge xalqaro maktabi) maqomiga ega bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!