Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Poroshenko Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko parlamentga muddatidan oldin saylovlarda uning "Evropeyskaya solidarnost" partiyasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bosh vazir bo‘lishga tayyorligini bildirdi. 

Poroshenko aprelda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng siyosatdan ketmasligini aytgandi. Uning "Blok Petra Poroshenko" partiyasi oliy radaga muddatidan oldin saylovlar oldidan o‘z nomini "Evropeyskaya solidarnost" deb o‘zgartirdi.

Ukraina parlamentiga navbatdagi saylovlar oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!