Polsha va Litva harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi ukrainaliklarni yurtiga qaytarishda Kiyevga yordam bermoqchi

Polsha va Litva harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi ukrainaliklarni yurtiga qaytarishda Kiyevga yordam bermoqchi

B haqda Financial Times xabar berdi.

Polsha Mudofaa vaziri Kosinyak-Kamishning so‘zlariga ko‘ra, pasportining muddati tugagan chaqiruv yoshidagi ukrainaliklar Polsha hududida qolish huquqiga ega bo‘lmaydi, ular Ukrainaga deportasiya qilinishi mumkin.

Litva mudofaa vaziri Laurinas Kashyunas ham Ukrainaga mamlakatni tark etgan harbiy yoshdagi erkaklarni qaytarishga yordam berishini ma’lum qilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Litva hozircha buning uchun aniq chora-tadbirlarni ko‘rib chiqmayapti va Polsha qanday qarorlar qabul qilishini kuzatmoqda.

"Albatta, hech kim ularni yig‘ib, Ukrainaga jo‘natib yubormaydi. Ammo bunday shaxslarga ijtimoiy nafaqalar, ishlash uchun ruxsatnomalar va boshqa hujjatlarni olishda cheklovlar joriy qilinadi. Bilishimcha, bu variantlar Polsha tomonidan ham muhokama qilinmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Kashyunas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!