Pokiston «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlayaptimi?

Pokiston «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlayaptimi?

Pokiston «Tolibon»ga Afg‘onistonga hujum qilish uchun o‘z hududidan foydalanish imkoniyatini bermaydi. Bu haqda Pokistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)dagi doimiy vakili Munir Akram ma’lum qildi.

Avvalroq Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzay «Tolibon»ni Pokiston qo‘llab-quvvatlayotganiga dalillar borligini aytgan edi.

«Biz buni butunlay rad etamiz. Pokiston o‘z hududidagi terrorchi guruhlarni yo‘q qilgan. Pokistonda ular uchun xavfsiz boshpana yo‘q. Afg‘oniston bilan chegaramizning 97 foiz qismiga to‘siq tortilgan, chegarada odamlarning nazoratsiz harakatlanishi ehtimoldan yiroq» — dedi Akram matbuot anjumanida.

Afg‘onistondan AQSh kontingentini olib chiqish boshlangach mamlakatdagi vaziyat keskinlashdi. 22 iyul kuni Tolibon Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini nazorat qilayotganini aytdi, rasmiylar buni inkor etmoqda. Yevroittifoqning Afg‘onistondagi maxsus elchisi vazifasini bajaruvchi Tomas Niklassonning aytishicha, agar «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni harbiy yo‘l bilan egallab oladigan bo‘lsa, ularning hukumati Yevroittifoq va mintaqadagi ko‘pchilik davlatlar tomonidan tan olinmaydi.

AQSh ham xuddi shunday fikrda. AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning bayonotiga ko‘ra, «Tolibon» Afg‘onistondagi hokimiyatni zo‘rlik bilan qo‘lga kiritsa, xalqaro tan olinishdan umid qila olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!