Pochta jo‘natmasi orqali noqonuniy olib kirishga urinilgan buyumlar to‘xtatib qolindi

Pochta jo‘natmasi orqali noqonuniy olib kirishga urinilgan buyumlar to‘xtatib qolindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona deklarasiyasini buzish holatining oldini olishdi. Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bu haqda xabar qildi.

Qo‘qon shahrida yashovchi T.R.ismli shaxs nomiga Ukrainadan yuborilgan pochta jo‘natmasi ko‘zdan kechirilganda, tegishli bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan tilla va kumushdan ishlangan 24 ta zirak va uzuklar to‘plami borligi aniqlandi. Tekshiruvlar davomida og‘irligi 284 gr bo‘lgan mazkur taqinchoqlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 42,5 mln so‘mni tashkil etgan.

8 kundan so‘ng xuddi shu shaxs nomiga Ukrainadan yuborilgan tovar-moddiy boyliklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yana qonunbuzarlik holati aniqlandi. Bu galgi jo‘natmada ham dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 47,5 mln so‘mlik, umumiy og‘irligi 238 gr bo‘lgan turli xil tilla va kumush taqinchoqlar yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: Umumjahon pochta Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish” qoidalariga asosan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini pochta jo‘natmalari orqali yuborish man etilgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!