«Paxtakor» foydasiga penalti belgilangan vaziyatda to‘p qo‘lga tekkanmi? (foto+video)

«Paxtakor» foydasiga penalti belgilangan vaziyatda to‘p qo‘lga tekkanmi? (foto+video)

5 aprel kuni Superliganing 3-turi doirasidagi Paxtakor - Nasaf (2:1) o‘yinini boshqargan Aziz Asimovning qarorlari qator e’tirozlarni keltirib chiqardi. Bugun Championat.asia nashri e’lon qilgan video esa e’tirozlar asossiz bo‘lmaganini tasdiqlaydi.

Darvoza ortidan turib tasvirga olingan kadrda ko‘rish mumkinki, 11-daqiqada Nasaf jarima maydoni ichida Jaloliddin Masharipov tomonidan uzatilgan to‘p mehmonlar himoyachisi G‘olib G‘aybullayevning qo‘liga emas, balki qorniga tekkan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdan keyin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Ma’mur Saidqosimov o‘yindagi bahsli vaziyatlarga izoh berib, departamentning tahliliy guruhi Paxtakor ning ikkala goli ham qoidalarga mos ravishda urilgan, degan dastlabki xulosaga kelganini ta’kidlagan edi.

O‘FA mutasaddilari tomonidan Sport telekanali tasvirlariga asosan chiqarilgan dastlabki xulosada, shuningdek, Azimov o‘yinda faqat bitta vaziyatda 7-daqiqada Nasaf darvozasiga penalti belgilamaslik qarorida adashgani aytiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!