“Paxan buni qadrlamaydi”: Saakashvili Zelenskiyni Putinga yon bosmaslikka chaqirdi (video)

“Paxan buni qadrlamaydi”: Saakashvili Zelenskiyni Putinga yon bosmaslikka chaqirdi (video)

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tan olinmagan Donesk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish haqidagi farmoniga izoh berib, Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga Putinga yon bosmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda uning Facebook dagi videomurojaatida aytilgan.

Putin Donesk va Lugansk viloyatlarining alohida tumanlariga pasport bermoqda, Yanukovich Ukrainaga qaytmoqchiligini e’lon qildi, benzin narxlari oshmoqda bu Putinga xosdir. U hozir Zelenskiy jamoasini sinamoqda. Ko‘rinishicha u Ukraina, misol uchun, ko‘p tomonlama muzokaralar formatidan chiqib, ikki tomonlama formatga o‘tishini va boshqa narsalarni istab darhol yon bosishini xohlamoqda , deb aytgan Saakashvili.

Gruziyaning sobiq prezidenti Putin bilan muloqot qilish bo‘yicha katta tajribaga egaligini ta’kidlab o‘tgan. Menda Putin bilan muloqot qilish bo‘yicha katta tajriba bor. Men shuni aytmoqchimanki, unga qanchalik ko‘p yon bossangiz, u shunchalik ko‘p talab qilaveradi. Uni qondiradigan me’yor yo‘q , deb aytgan siyosatchi.

Saakashvili Rossiyaning bosimi Ukrainani yanada kuchliroq qilishiga umid bildirgan.

Men ishonamanki, prezident Zelenskiyda buning barchasiga dosh berish uchun boshidan yetarlicha mustahkamlik zaxirasi bo‘ladi va shu sababli bunga bamaylixotir munosabatda bo‘lish lozim. Paxanga yon bosmaslik kerak, paxan buni hech qachon qadrlamaydi, unga kichik ramziy yon bosish ham, katta yon bosish ham qilmaslik kerak. Ukraina Rossiyaga hech narsa majbur emas , deb aytgan gruziyalik siyosatchi.

24 aprelda Putin Ukraina sharqida joylashgan tan olinmagan Donesk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga Rossiya fuqaroligini berish tartibini sodddalashtirish haqida farmonni imzoladi.

Zelenskiy shtabida Putinning ushbu farmoni jahon hamjamiyatiga Rossiyaning tajovuzkor davlat ekanligiga yana bir yaqqol tasdiq hisoblanishi aytilgan. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa Rossiyani Donbassni bosib olishga tayyorlanayotganlikda ayblagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!