Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi

Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi

Paralimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi 9 sentyabr kuni kechqurun Toshkent aeroportida kutib olindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida Paralimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSh dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottej.

Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija. Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 bronza (jami 19 ta) qo‘lga kiritib, umumiy reytingda 16-o‘rinni egallagandi.

Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin

  1. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)
  2. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev (yadro uloqtirish)
  3. Elbek Sultonov (yadro uloqtirish)
  4. Asadbek Toshtemirov (taekvondo)
  5. Yorqinbek Odilov (nayza uloqtirish)
  6. Bobur Omonov (yadro uloqtirish)
  7. Sherzod Namozov (dzyudo)
  8. Xusniddin Norbekov (yadro uloqtirish)
  9. Tolibboy Yo‘ldashev (disk uloqtirish)
  10. Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish)

Kumush

  1. Ziyodaxon Isoqova (taekvondo)
  2. Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish)
  3. Guljanoy Naimova (taekvondo)
  4. Doniyor Saliyev (uzunlikka sakrash)
  5. Server Ibragimov (o‘q otish)
  6. Safiya Burxanova (yadro uloqtirish)
  7. Kumush Xodjayeva (dzyudo)
  8. Shahina Yigitaliyeva (nayza uloqtirish)
  9. Ro‘za Kuziyeva (pauerlifting)

Bronza

  1. Temur Giyazov (balandlikka sakrash)
  2. Tolibboy Yo‘ldashev (yadro uloqtirish)
  3. Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)
  4. Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish)
  5. Uchqun Quronboyev (dzyudo)
  6. Dovurxon Karomatov (dzyudo)
  7. Muslima Odilova (suzish, batterflay)

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!