"Real"ning 18 yoshli yulduzi 21 yoshli modelga uylandi (foto)
"Real" hujumchisi Endrik model Gariel Mirandaga uylandi.
Futbolchi va model 2023 yilning dekabridan uchrashishni boshlashgan edi. Braziliyalik futbolchi hozir 18 yoshda, u tanlagan ayol esa 21.
Oldinroq, Madrid klubidagilar munosabatlar yosh futbolchining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan havotir olayotgani haqida xabarlar e’lon qilingan edi.
Endrik bergan intervyusida, ushbu juftlik o‘rtasida o‘zgacha shartnoma borligi va shartlarning birida ular bir-biriga ko‘proq "seni sevaman" deyishi yozilgan edi.
Futbolchi va model qo‘ygan surat ostida salbiy izohlar juda ko‘p. Aksar "kommmentchi"lar bu juftlik uzoqqa bormasligi, Gabriel Miranda farzand ko‘rgach eri bilan ajrashib, mol-mulkni yarmini olib ketishi va aliment talab qilishi haqida yozishgan.