Bryusselda minglab odamlar Audi zavodining yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Bryusselda minglab odamlar Audi zavodining yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Kecha minglab namoyishchilar Bryusseldagi Audi avtomobil zavodining yopilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Oldinroq Germaniyaning Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi Belgiyadagi sho‘’ba korxonasi Audi zavodida ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkinligini ma’lum qilgandi. The Brussels Times gazetasining yozishicha, Audi endilikda Bryusselda uzoq muddatli ishlab chiqarish rejalashtirilmayotganini tasdiqlagan.

Kasaba uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishda 10 mingdan ortiq, polisiya ma’lumotlariga ko‘ra esa taxminan 5,5 ming kishi namoyishga chiqqan.

Belgiya kasaba uyushmalari zavodning yopilishi Bryusselda 3000 ga yaqin ish o‘rinlarini yo‘qotishga olib kelishidan xavotirda. Kasaba uyushmalari vakillari nafaqat konsern rahbariyatini, balki YEI rasmiylarini ham tanqid qildi.

Avvalroq Vokswagen zavodlarni yopishini e’lon qilib, ishchilarni (shu jumladan Germaniyada ham) ishdan bo‘shatishni istisno qilmagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!