Bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffus berilishi haqida bilarmidingiz?

Bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffus berilishi haqida bilarmidingiz?

Xodimlarga ish kuni davomida orada dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (ya’ni "obed") beriladi.

2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ishlayotgan onalar odatdagi “obed” vaqtidan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffus olishga haqli.

Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar “obed”dan tashqari bolasini ovqatlantirish uchun har 3 soatda 30 daqiqadan kam bo‘lmagan qo‘shimcha tanaffus olishlari mumkin. Bu tanaffus xodimning istagiga ko‘ra ish kuni boshi yoki oxirida ham berilishi mumkin.

Masalan, 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar ariza yozib, bolani ovqatlantirish uchun 12:30 dan 13:00 gacha va 17:30 dan 18:00 gacha har biriga yarim soatdan qo‘shimcha tanaffus olishi mumkin.

Bu tanaffuslarning aniq muddati va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilab qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!