Evropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri Ispaniyada qo‘lga olindi

Evropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri Ispaniyada qo‘lga olindi


Ispaniya milliy polisiyasi Madridda Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan birini qo‘lga oldi . Qirollik Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda .

«Milliy polisiya Yevropadagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan birini Madridda giyohvand moddalar savdosi uchun qo‘lga oldi. Qochoq oilaning boshqa a’zolari bilan birgalikda alban-kosova jinoiy tashkilotini boshqargan», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, Belgiyada kelib chiqishi alban millatiga mansub erkak giyohvand moddalar savdosi, jinoiy tashkilotda ishtirok etish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi 13 ta ayblov bo‘yicha 29 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan. Jinoyatlar 2014-2018 yillar oralig‘ida sodir etilgani taxmin qilinmoqda. Bu vaqtda erkak Belgiyada joylashgan jinoiy tashkilotni boshqargan, u nasha etishtirish va savdosi bilan shug‘ullangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!