AQSh Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

AQSh Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

AQSh Nigerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi . Bu haqda AQShning Afrikadagi qo‘mondonligi saytidagi bayonotda aytiladi .

« AQSh Mudofaa vazirligi va Niger Respublikasi Mudofaa vazirligi Nigerdan AQSh harbiylari va texnikasini olib chiqib ketish yakunlanganini e’lon qildi», — deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

Qayd etilishicha, AQSh va Niger harbiylari o‘rtasidagi samarali hamkorlik va aloqa qo‘shinlarning «xavfsiz, tartibli va mas’uliyatli» olib chiqilishini ta’minlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!