“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro notijorat tashkiloti 32 yillik faoliyatidan so‘ng Rossiya Federasiyasini tark etish sababini Adliya vazirligining tashkilotning mamlakatdagi filialini xorijiy nodavlat tashkilotlar reestridan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori bilan izohladi. Bu haqda xalqaro tashkilot saytida ma’lum qilindi.

"Mamlakatdagi dasturlarimizni yakunlaganimizdan juda qayg‘udamiz, chunki tibbiy va gumanitar yordamga muhtoj bo‘lgan ko‘plab odamlar endi biz ko‘rsatishimiz mumkin bo‘lgan yordamsiz qoladi", deyiladi tashkilot bayonotida. Xabarda tashkilot "imkoniyat bo‘lsa, Rossiyadagi faoliyatini davom ettirishni istashi" qayd etilgan.

O‘tgan oy o‘rtalarida Rossiya Adliya vazirligi xalqaro gumanitar tashkilotlarning lisenziyalarini bekor qildi, bu ro‘yxatda xususan, “Chegara bilmas shifokorlar” va “Dunyo shifokorlari” tashkilotlari ham bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!