Myanmadagi toshqin qurbonlari soni 226 nafarga yetdi

Myanmadagi toshqin qurbonlari soni 226 nafarga yetdi

Myanmada "Yagi" to‘foni sabab bo‘lgan suv toshqini qurbonlari soni 226 nafarga yetdi.

Bu haqda Eleven media guruhi ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, 77 kishi bedarak yo‘qolgan. Mamlakatning markaziy qismi, shuningdek, sharqiy va shimoli-sharqida joylashgan jami 56 ta aholi punkti suv ostida qolgan.

Tabiiy ofat natijasida 320 mingdan ortiq odam evakuasiya qilingan. Qutqaruv xizmatlari bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!