Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan kemadan 20 nafar yo‘lovchi qutqarildi

Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan kemadan 20 nafar yo‘lovchi qutqarildi

Nigeriya hududiy suvlarida qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan kemaning 20 nafar yo‘lovchisi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari otryadi tomonidan ozod qilindi. Bu haqda Punch gazetasi yozmoqda.

Ozod qilingan odamlar, asosan ayollar va bolalar mamlakat janubidagi Port-Xarkortdan Bonnigacha bo‘lgan kemada bo‘lgan.

Nigeriya Harbiy-dengiz kuchlari vakili Maxum Muhammadning aytishicha, xavfsizlik kuchlari tashuvchilar bilan kelishib harakat qilayotgan qaroqchilarning yangi taktikasini fosh qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gvineya ko‘rfazi sohillari hududida yo‘lovchi kemalari ko‘pincha dvigateli nosozlik bahonasida yarim yo‘lda to‘xtab, qaroqchilarni kutishadi. Ular tezda ichkariga kirib, yo‘lovchilarni olib ketishadi va keyin to‘lov talab qilishadi. Harbiy dengizchilar bir necha bor dvigatellari "kutilmaganda" ishlamay qolgan va keyin qaroqchilar tomonidan hujumga uchragan bir xil kemalarga duch kelishgan.

Ayni paytda, Nigeriya dengiz transporti ittifoqi yaqinda Port-Xarkort ma’muriyati binosi oldida norozilik namoyishlari o‘tkazib, hukumatdan dengiz va daryo yo‘lovchi kemalariga tez-tez sodir bo‘layotgan qaroqchilar hujumini bartaraf etishni va transport xavfsizligini ta’minlashni talab qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!