Kongo Demokratik Respublikasida kema halokati oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 50 kishi bedarak yo‘qoldi

Kongo Demokratik Respublikasida kema halokati oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 50 kishi bedarak yo‘qoldi

Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) janubi-g‘arbidagi Kvango daryosida kema halokatga uchrashi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Kvango provinsiyasi vise-gubernatori Remi Sakiga tayanib, Agence France-Presse xabar berdi.

Unga ko‘ra, bortida 150 ga yaqin odam bo‘lgan kema ko‘prik tayanchiga urilib, cho‘kib ketgan.

Qayd etilishicha, 100 dan kam odam qutqarilgan, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!