Fransiya Makronni impichment qilish bo‘yicha rezolyusiyani ko‘rib chiqadi

Fransiya Makronni impichment qilish bo‘yicha rezolyusiyani ko‘rib chiqadi

18 sentyabr, seshanba kuni Fransiya Milliy assambleyasi – parlament quyi palatasi "Bo‘ysunmaydigan Fransiya" chap qanot partiyasi tomonidan taklif etilgan prezident Emmanuel Makronga impichment e’lon qilish rezolyusiyasini muhokama qiladi.

Bu tashabbus Makron parlament saylovlarida o‘z koalisiyasi muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, so‘l partiya vakillarini yangi hukumat tarkibidan chiqarib tashlaganidan keyin ilgari surilgan.

Hujjat Fransiya Konstitusiyasining 68-moddasiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, prezident o‘z vazifalarini buzgan taqdirda uni lavozimidan chetlatish imkonini beradi. Rezolyusiyani "Yangi xalq fronti" blokining 81 nafar deputati, jumladan, "Bo‘ysunmaydigan Fransiya"ning 72 nafar vakili, shuningdek, "Yashillar" partiyasi hamda "So‘l demokratlar va respublikachilar" guruhining ayrim deputatlari qo‘llab-quvvatladi.

Byuro, quyi palataning oliy kollegial organi bo‘lib, unda 22 a’zodan 12 nafari chap tomonni ifodalaydi, rezolyusiyaning qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Biroq sosialistlar Melanshon tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdilar, sobiq prezident, hozir esa deputat Fransua Olland, shuningdek, Yashillar yetakchisi Marin Tondelye bunga qarshi chiqdi.

Agar rezolyusiya ushbu bosqichdan o‘tib kesa, u 73 deputatdan iborat qonunchilik qo‘mitasi tomonidan ma’qullanishi kerak, bunda chaplar atigi 24 o‘ringa ega. Shundan so‘ng Milliy assambleyaning uchdan ikki qismi (385 deputat) ikki hafta ichida hujjat uchun ovoz berishi kerak.

Xuddi shunday tartib-qoidalar chaplar ko‘pchilikka ega bo‘lmagan Senatda ham o‘tkazilishi kerak. Senat rezolyusiyani ma’qullasa (232 ovoz), har ikki palata qo‘shma majlisda yig‘iladi va qaror qabul qilish uchun 925 nafar parlamentariydan 617 nafari uni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Agar ovoz berish muvaffaqiyatli yakunlansa, prezident darhol lavozimidan chetlashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!