Hafta davomida issiq harorat saqlanib turadi

Hafta davomida issiq harorat saqlanib turadi

O‘zbekistonda 17 sentyabr kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18 sentyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 sentyabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20 sentyabrda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +25...+30 daraja, ba’zi joylarda +32 daraja bo‘ladi. Kechalari +12...+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda o‘rtacha tezlikda esadi, 16 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 16-17 sentyabr va 19-20 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.

Toshkent shahrida 17 sentyabrda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 18-20 sentyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19 sentyabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari +14...+17 daraja, kunduzi +26...+29 daraja bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!