Toshkentga kirib kelayotgan Lexus yo‘lovchisi yonidan taqiqlangan modda topildi

Toshkentga kirib kelayotgan Lexus yo‘lovchisi yonidan taqiqlangan modda topildi

Toshkent shahriga kirib kelayotgan Lexus avtomashinasi yo‘lovchisining yonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 15 sentyabr kuni soat 21:00 larda Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Lexus avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilgan.

Qayd etilishicha, avtomashina yo‘lovchisi, 27 yoshli shaxsning ko‘rinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

2 nafar xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon narkotik moddasiga o‘xshash modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!