Omonqo‘tonda tabiatga 1 mlrd. 115 mln. 907 ming so‘mlik zarar yetkazilgan — Bosh prokuratura

Omonqo‘tonda tabiatga 1 mlrd. 115 mln. 907 ming so‘mlik zarar yetkazilgan — Bosh prokuratura

Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Omonqo‘ton milliy tabiat bog‘ida daraxtlar va o‘simliklarga jiddiy shikast yetkazilganligi va bu bo‘yicha hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgani haqida xabar bergan edi. Bosh prokuratura ish yuzasidan ma’lumot berdi.

Bu sohada o‘tkazilgan o‘rganishlarda Samarqand viloyatidagi "Omonqo‘ton" milliy tabiat bog‘ining Yo‘lsoy bo‘limi hududida bir qator fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda yo‘l ochilib, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, ushbu hududda noqonuniy ravishda yo‘l ochilib, 869 m2 maydondagi tuproqlar surilib, 1427 m2 maydon tuproq bilan ko‘milganligi oqibatida jami 2693,9 m3 muhofaza etiladigan hududda o‘suvchi O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan 7 turdagi 1 112 tup, noyob va yo‘qolib borayotgan 5 turdagi 1 479 tup o‘simliklar nobud qilinganligi, 8 turdagi 64 tup daraxt va butalar kesilganligi, nobud qilinganligi va shikastlantirilganligi aniqlanib, tabiatga 1 mlrd. 115 mln. 907 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 204-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishildi.

Jinoyat ishi tergovi ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!