O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida bitim imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida bitim imzolandi

Joriy yil 16 sentyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muhim xomashyo sohasida (CRM) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad ikki mamlakat o‘rtasida muhim xomashyo sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni ham rivojlantirishdan iborat.

"Ushbu hujjat muhim xomashyo sohasida AQSh – O‘zbekiston muloqotining davom etishiga, geologiya qidiruv, qazib olish va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!