Rossiya elchixonasi AQShda qo‘lga olingan rossiyalik fuqaro haqida ma’lumot so‘radi

Rossiya elchixonasi AQShda qo‘lga olingan rossiyalik fuqaro haqida ma’lumot so‘radi

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi mahalliy huquq-tartibot idoralaridan rossiyalik Denis Postovoyning hibsga olingani haqida rasmiy xabar olmagan. Diplomatik missiya Davlat departamentidan Rossiya fuqarosining qayerda ekanligi haqida ma’lumot so‘ragan.

"Ma’lumot olinganidan keyin hamyurtimiz bilan bog‘lanamiz. Biz unga zarur konsullik va yuridik yordamni ko‘rsatamiz", — deyiladi elchixonaning "Telegram" kanalidagi sharhida.

44 yoshli Postovoy Sarasotada (Florida shtati) hibsga olingan. Adliya vazirligiga ko‘ra, u cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mikroelektronika eksport qilgan. Rossiyalik Eksport nazorati islohoti qonunini buzish, kontrabanda, pul yuvish va AQShga qarshi firibgarlikda ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!